MEHNATGA OID NIZOLARNI HAL ETISHDA ADVOKAT ISHTIROKI

Authors

  • Mallayev Normamat Ramazonovich,Tashtemirov Rahmonqul Xursan o‘g‘li Termiz Davlat Universiteti Author

Keywords:

Mehnatga oid nizoar, advokat, ish beruvchi, xodim, mediatsiya, sud jarayoni, hujjatlar.

Abstract

Maqolada mehnatga oid nizolarni hal etishda advokat ishtirokining ahamiyati va roli tahlil qilinadi. Mehnat nizolari, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sifatida, da'voli va da'vosiz bo‘lishi mumkin. Da'voli nizolar sud orqali hal qilinishi kerak bo‘lsa, da'vosiz nizolar mediatorlar yordamida hal etilishi mumkin.

Advokatlar mehnat nizolarini hal etishda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular huquqiy yordam ko‘rsatish, hujjatlarni tayyorlash va sudda manfaatlarni himoya qilishda ishtirok etadilar. Ularning ishtiroki, shuningdek, kelishmovchiliklarni o‘zaro muzokaralar orqali hal qilishda ham muhimdir, bu esa ish jarayonini tezlashtiradi va tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydi.

Maqola, shuningdek, mehnat nizolarini hal etish jarayonida advokatlarning mediator sifatidagi rolini ham ko‘rsatadi. Advokatlar mediatsiya jarayonida taraflarning manfaatlarini himoya qilish va ularni kelishuvga erishtirishda yordam beradilar. Shunday qilib, mehnatga oid nizolarni hal etishda advokat ishtiroki nafaqat huquqiy jihatdan muhim, balki ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2.O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.

3.Mehnat huquqi: amaliyotga kirish / Elizabet Eylott-T.:TDYU nashiriyoti,2023.

4.Mualliflar jamoasi: 000 Mehnat huquqi. Darslik. -T.: TDYU nashriyoti, 2020. - 282 bet

5.O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyulidagi 482-son “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonuni.

6.https://lex.uz

7.Advice.uz https://advise.uz/oz/document/3031

8.https://uzmarkaz.uz

Published

2025-03-04

How to Cite

Mallayev Normamat Ramazonovich,Tashtemirov Rahmonqul Xursan o‘g‘li. (2025). MEHNATGA OID NIZOLARNI HAL ETISHDA ADVOKAT ISHTIROKI. IQRO INDEXING, 14(01), 297-300. https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/9267