“DEVONU LUGʻOTIT TURK” ASARIDA QOʻLLANILGAN PAREMALARNING TEMATIK GURUHLANISHI
Abstract
“Devonu lug‘otit turk” kitobida keltirilgan ma’lumotlar ajdodlarimizning turmush madaniyati, ayniqsa, X-XII asrlarda diyorimizda yashab oʻtgan ulug‘ allomalar yashagan davrni oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Shu sababdan mazkur asar bizni nafaqat Qoraxoniylar davri, balki undan keyingi paytlardagi Movarounnahr aholisining turmush tarzi bilan bog‘liq ijtimoiy - iqtisodiy, axloqiy, diniy e’tiqod hamda urf-odatlar haqida ham muhim tushunchaga ega boʻlishimizda katta yordam beradi. Shuningdek, “Devonu lug‘otit turk” asari turkiy tillarning fonetikasi, grammatikasi va leksikasiga oid noyob tadqiqotlari va xulosalari bilan ham qimmatlidir. Bu asar shu kunga qadar o’z o’rnini yo’qotmagan bebaho asar desak xato bo’lmaydi.
References
1.Mahmud Koshgʻariy. Devonu lugʻotit turk.Uch tomlik I tom / Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov. –T., 1960.
2.Mahmud Qoshgʻariy. Devonu lugʻotit turk.Uch tomlik II tom / Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov. –T., 1963