SUG’ORILADIGAN YERLARNING UNUMDORLIGINI SIFAT JIHATIDAN BAHOLASH MASALALARI
Keywords:
Yer fondi, yer resurslari, bonitirovka, yer turlari, qishloq xo’jaligi, bonitet bali, maqbullashtirish, yer tuzish, yer kadastri, ijara, yer kodeksi, sug’oriladigan ekin yerlar.Abstract
Bizning respublikamizda, tabiiyki, sug‘oriladigan tuproq unumdorligini baholashga katta e’tibor beriladi. Chunki, mamlakatimizda yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 95% idan ortiqrog‘i ana shu yerlardayetishtiriladi. Ma’lumki, turli qishloq xo‘jalik ekinlari, tuproq unumdorligiga har xil talab qo‘yadilar. Masalan, ayrim o‘simliklar nordon muhitda yaxshi rivojlansalar, ayrim o‘simliklar esa kuchsiz ishqoriy muhitda yaxshi o‘sib hosil beradilar. Shuning uchun ham, tuproq unumdorligi, ma’lum bir o‘simlik turi yoki guruhlari uchun baholanadi. O‘zbekistonda tuproq unumdorligi, asosiy qishloq xo‘jalik ekini, g‘o‘za uchun belgilanadi.Tuproq unumdorligi, keng ma’noda tuproqlarning hamma xos - sa va xususiyatlari, shuningdek, shu joyning ekologik sharoiti ta’sirining yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda tuproqlarni baholashda yagona fikrning yo‘qligini, ta’kidlab o‘tish kerak.
References
Jabborov O.A. Sug'oriladigan tuproqlar unumdorligi dinamikasi va uni oshirish yo'llari. Avtoreferat. 2021. -41 b
Maxkamova D.Y., Abdullaeva X.B. Sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi. XXI asr – intellektual yoshlar asri mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-nazariy anjuman materiallari.2021. –B.233-234
Маxкамова Д.Ю. Общие физические свойства почв Джизакской степи. Принципы и технологии экологического производства в сельском, лесном и рыбном хозяйстве. Материалы 68-ой Международной научно-практической конференции, посвященной Году экологии в России. Министерство сельского хозяйства Российской Федерации; Федеральное государственное бюджетное образовательное учреждение — высшее учебное заведение «Рязанский государственный агротехнологический университет имени П. А. Костичева». 2017.- С 423-427
Maxsudov X.M., Gafurova L.A. O'zbekistonning eroziyaga uchragan tog' va tog' oldi tuproqlari. // O'zbekistonning tuproqlari va 151 unumdorligini oshirishning ayrim yo’nalishlari”, Mexnat, T., 1998.
Qo’ziyev R. Q, Sektimenko Y. V. Pochvi Uzbekistana. T.: “EXTREMIUM PRESS”, 2019 –bet 115 – 117.