TA‘LIM JARAYONLARIDA FOYDALANILADIGAN QIZIQARLI VA QULAY METODLAR

Authors

  • Jumanazarova Sevinch G‘ulom qizi , Esanova Xurshida O‘ralbek qizi Guliston Davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi 2-kurs talabalari Author

Keywords:

Ta‘lim me‘todlari, og’zaki, ko‘rgazmali, amaliy, BBB metodi, Ven diagrammasi metodi, Klaster metodi, Aqliy hujum metodi, Rotatsiya metodi, Baliq skeleti metodi.

Abstract

“Metod” — yunoncha “metodos” – “yo‘l” degan so'zdan paydo bo'lib, u tadqiq qilish ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim metodi ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir.Ta‘lim metodlari – o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o‘quv materialini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.O‘qitish metodlari ta‘lim jarayonida ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyatining qanday bolishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta‘lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta‘lim metodi o'qituvchi va ta‘lim oluvchilarning o‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yolidir. Ta‘lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog’liqdir, ya‘ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta‘lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta‘lim jarayonining mohiyatini va tamoyillarini to‘g‘ri anglash natijasidir. Ta‘lim materiali ta‘lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig’iga bog’liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan bolsa, ta‘lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog’liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta‘lim beruvchilarning ilg’or ish tajribalarini umumlashtiradi, an‘anaviy ta‘limning ilmiy asoslarini ko‘rsatib beradi, o‘qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi. 

References

“Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi”-kitobidan, 118-119-122-betlar, mualliflar: B. Xodjayev, A. Choriyev, Z. Saliyeva

https:manzura90.zn.uz- saytidagi ma‘lumotlardan

“ Ta‘limning interfaol metodlari vositasida dars o‘tish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar”- kitobidan

“Interfaol ta‘lim usullari”- kitobidan

https:baxtiyor.uz- saytidagi ma‘lumotlardan

Published

2024-06-09

Issue

Section

Articles

How to Cite

Jumanazarova Sevinch G‘ulom qizi , Esanova Xurshida O‘ralbek qizi. (2024). TA‘LIM JARAYONLARIDA FOYDALANILADIGAN QIZIQARLI VA QULAY METODLAR. IQRO INDEXING, 10(1), 7-11. https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/3961