ORGANIZMDA O’T-TOSH KASALLIGINI ANIQLASH VA DAVOLASH USULLARI

Authors

  • Uzbekova Gulruh Umedjanovna,G'afurova Saida Shoyimardon qizi,Mamaziyayeva Sevara Ulugbekovna Samarqand davlat tibbiyot universiteti Author

Keywords:

O’t-tosh, xolelitiaz, xolesistolitiaz, xoledoxolitiaz, konkrementlar.

Abstract

O’t-tosh kasalligi (shuningdek safro-tosh, o’t tosh kasalligi), xolelitiaz (qad.yun. χολή - o’t, safro, λίθος - tosh) - bu o’t pufagi (xolesistolitiaz) va o’t yo’llarida (xoledoxolitiaz) tosh (konkrementlar) shakllanishi bilan tavsiflanadigan kasallik. Toshlar safro pigmentlari, xolesterin, ba’zi turdagi oqsillar, kaltsiy tuzlari, safro infektsiyalanishi, uning turg’unligi (damlanishi, stazi), lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida hosil bo’ladi. Kasallik o’ng qovurg’a ostidagi og’riq, o’t kolikasi, sariq kasallik bilan kechishi mumkin. Tibbiy amaliyot o’t-tosh kasalligini davolashning boshqa usullari samarasiz bo’lishini ko’rsatgani sabab, jarrohlik aralashuvi talab etiladi. Kasallik xoletsistit, fistula shakllanishi, peritonit bilan asoratlanishi mumkin. O’t-tosh tosh kasalligi O’t-tosh kasalligi-xolesterin yoki bilirubin metabolizmining buzilishi natijasida o’t pufagi va o’t yo’llarida toshlar paydo bo’lishiga olib keladigan gepatobiliar tizimdagi safroning sintezi va aylanishi buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. O’t-tosh kasalligi o’lim ehtimoli yuqori bo’lgan og’ir asoratlarga olib kelishi tufayli xavfli hisoblanadi.

References

. B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov. Odam va uning salomatligi. Toshkent. 2010.

Sh.M. Qirg’izov, A.S. G’ofurov Buyrak-tosh kasalligida magnitlangan suvdan foydalanish. International scientific-online conference on Innovation in the modern education system Part 2. 2021. 175-177 b.

I.R. Asqarov Sirli tabobat. Toshkent. 2021. 93-99 b.

Al-Tawheed AR, Al-Awadi KA, Kehinde EO, Abdul-Halim H, Hanafi AM, Ali Y. Treatment of calculi in kidneys with congenital anomalies: an assessment of the efficacy of lithotripsy. Urol Res. 2006;34(5):291-298.

Ferraro PM, Taylor EN, Eisner BH, et al. History of kidney stones and the risk of coronary heart disease. JAMA. 2013;310(4):408-415.

Published

2024-04-03

How to Cite

Uzbekova Gulruh Umedjanovna,G'afurova Saida Shoyimardon qizi,Mamaziyayeva Sevara Ulugbekovna. (2024). ORGANIZMDA O’T-TOSH KASALLIGINI ANIQLASH VA DAVOLASH USULLARI. IQRO INDEXING, 8(2(2), 330-334. https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/1362