TIBET BUDDIZMINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mazamov Muhriddin O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2 kurs magistiri Author

Keywords:

Tibet, lama, maktab, ruhoniy, Seylon, jannat, samsara, reinkarnatsiya, ruh, qirol, Sanskrit, mitraizm, bon, din, elat.

Abstract

Tibet so'zi G'arb tillarida Tebet, Thebet, Thebet, Tybot, Thibocht kabi ishlatiladi. Bu foydalanish XIII asrga borib taqaladi. Bu so'z Yaqin Sharq bo'ylab yevropalik sayohatchilarning asarlarida Tebet va Tibot sifatida ishlatiladi. Moʻgʻul tilida Ttsbtst, Tibit, Tibbit, Tibbet, Tibat deb yuritiladi; Fors tilida Tubbat deb yozilgan.  Birinchi Buddizmni qabul qilgan tibetliklar - kianglar edilar. Bu IV asrning oxirlarida, ular shimoliy Xitoyni boshqarayotgan paytlarga to'g'ri kelgan va Tibetga ta'sir ko'rsatmagan. Tibetga Buddizm (mahayan an'analari) birinchi bo'lib VII asrning birinchi yarmida Xotandan (Tarim daryosining janubiy qirg'oqlari, Turkistonning sharqi) kirib kelgan. Bu voqea Sontsgen Gamponing (627—649) hukmdorlik davrida bo'lib o'tgan. U nepallik va xitoylik malikalarga uylanadi. Ikki malika ham o'zlari bilan Buddaning rasmini va astrologik, tibbiy matnlarni olib keladilar. Qirol bu buddaviy matnlarni sanskrit tilidan tarjima qildiradi.

Downloads

Published

2024-01-24