About the Journal

Jurnal faoliyati oliy o'quv yurtlarining turli soha olimlari, o'qituvchilari, tadqiqotchilari va mutaxassislarini ilmiy maqolalarini nashr etishga  qaratilgan. Jurnalning tahririyat tarkibi O'zbekiston, Hindiston, Azarbayjan , Turkiya kabi mamlakatlarning gumanitar, aniq va tabiiy fanlar sohalarida yuqori ilmiy yutuqlarga erishgan taniqli olimlar jamoasi tomonidan tashkil etilgan. Jurnal 2024-yilda Axborot texnologiyalari va menejment universiteti tomonidan tashkil etilgan. Jurnalda  PhD va DSc dissertatsiyalari bo'yicha ilmiy ishlar natijalarini, shuningdek, ilmiy yangiliklarni o'z ichiga olgan boshqa ilmiy tadqiqotlar va ishlarni aks ettirishi mumkin.

Jurnalning maqsadi va vazifalari. Ilmiy xodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni shuningdek, magistrlarni va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish hamda omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Mutaxassislik. Jurnal fan tarmog‘iga ega va unda ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar chop qilinadi.

Jurnal uch tilda chop qilinadi: o‘zbek, rus va ingliz.

Jurnal qabul yo'nalishlari:

  • 10.00.00 – Filologiya fanlari
  • 05.00.00 - Texnika fanlari
  • 07.00.00 – Tarix fanlari
  • 08.00.00 - Iqtisod fanlari
  • 14.00.00 - Tibbiyot fanlari
  • 13.00.00 – Pedagogika fanlari.

Jurnalning muqova dizayni va original maketi Worldly Knowledge nashriyotida tayyorlanadi va shu nashriyotda chop etiladi. 

Jurnal Faoliyati boshlangan : 2024 yil

Davriyligi: 2 oyda bir marta

ONLINE JURNAL

Manzil:  Andijan ,Uzbekistan.

Tashkilot: Worldly Knowledge