“G‘AROYIB US-SIG‘AR“ DOSTONINIG G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
Keywords:
Talmeh, g‘azal , qadah, jom , Yaqub( a.s) ,qismat, shayx , vali, oshiqlik, fitrat.Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan e’tibor , xususan, “Xazoyin ul-maoniy” devoniga kiritilgan “G‘aroyib us-sig‘ar” asarini o‘rganish bo‘yicha ish olib boriladi. Navoiy lirikasini o‘rganish XX asrning 30-yillaridan boshlangan bo‘lsa, u asosan ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalish shoir asarlarini tekstologik jihatdan tekshirishni tashkil qildi. Bunda adabiyotshunos Hamid Sulaymon tomonidan "Xazoyin ul-maoniy"ning akademik nashri va ilmiy tanqidiy matni tayyorlanishi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirildi. Lirikaga oid nazariy xarakterdagi ilk tadqiqotlarni akademik Oybek,M. Shayxzoda, A. Hayitmetovning ilmiy asarlarida kuzatish mumkin. Umuman, Navoiy lirikasini badiiyat ilmining qonuniyatlari nuqta’i nazaridan o‘rganish, munosabat bildirish shoir hayotligidayoq boshlangan edi. Jomiy, Lutfiy, Bobur, Sayid Hasan Ardasher. Pahlavon Muhammad kabi zamondoshlari unga betaraf va xolis baholarini berishgan.
References
A.Navoiy. Xamsa.Layli va Majnun. Toshkent: Yangi asr avlodi. 2021.
Ҳайитметов А. Навоий даҳоси. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 1970.
SHarafiddinov O. Alisher Navoiy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyoti nashriyoti.1971.
Imomova O, Mamarasulova B. Badiiy asarlarda ishq-muhabbat talqini.
Alisher Navoiy . Xazoyin ul-maoniy fotihasi.
Haqqulov I. Tasavvuf va she’riyat. – T.: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.
Komilov N. Tasavvuf. – T.: Movarounnahr-O`zbekiston NMIU, 2009
Qayumov A.. Ishq vodiysi chechaklari. –T.: Adabiyot va san’at, 1985
Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – T.: Adabiyot va san’at, 1979
Vohidov R. Alisher Navoiy va ilohiyot. – B.: “Buxoro” nashriyoti, 1994