SINFLARNI TAVSIFLASH USULLARI. SINF TUSHUNCHASI: ASOSIY TUSHUNCHALAR
Keywords:
obyekt, polymorfizm, abstractsinflar, inkapsulyatsiya,class,dasturlash paradigmalari, meros olish, munozara chiziqlari, konstruktorlar, kompanent.Abstract
Ushbu maqolada men “Sinflarni tavsiflash usullari haqida” yoritib beraman.Bu maqolada Sinflarni tavsiflash usullarini asosiy tushunchalari, tamoyillari va ularning dasturlashda qo'llanilishi keltirilgan. C++ dasturlash tilida sinflar (classes) ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashning asosiy komponentlaridan biridir. Sinf — ma'lum bir ob'ekt yoki tizimni tavsiflash uchun ishlatiladigan malumotlar va funktsiyalarni o'z ichiga olgan shablondir. Sinf orqali, dasturchilar ob'ektlarni yaratish, ularga xos xususiyatlar va xatti-harakatlarni (methodlar) aniqlash imkoniga ega bo'ladilar. Sinf tarkibida, odatda, o'zgaruvchilar (atributlar) va ular bilan ishlovchi metodlar (funktsiyalar) bo'ladi. C++ sinflari ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashning uchta asosiy printsipini — inkapsulyatsiya, meros olish (nasl olish) va polimorfizmni ta'minlaydi. Sinf yaratishda uning atributlari va metodlari xususiy (private) yoki umumiy (public) bo'lishi mumkin. Bu dasturchilarga ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash va kerakli funktsiyalarni samarali boshqarish imkonini beradi. Ushbu maqolada sinflarning yaratish, ularning strukturasi, metodlar va atributlar bilan ishlash usullari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, sinflar yordamida kompleks tizimlar yaratish va ularda ob'ektlar bilan ishlash jarayonlarini tushuntirishga harakat qilinadi. Maqola shuningdek ning dasturlash tillaridagi C++ roli va ulardagi qo'llanilishini ko'rib chiqadi. tizimlarining o'zaro bog'liqligi va ularning zamonaviy dasturlashdagi ahamiyati haqida ham so'z yuritiladi..
References
1.TATU t.f.d. professor A.X. Nishanov “C++ tilida dasturlash asoslari”
2.“Informatika asoslari” . A.Z.Maxmudov
3.“Kompyuterda dasturlash” Z.Sh. Abdullayeva, X.E. Xujamatov
4.J. Axmadaliyev “C++ dasturlash tili”
5.B.Boltayev “C++ asoslari”