MARKAZIY OSIYODA GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP MODDALARNING NOQONUNIY AYLANISHINING GENEZISI
Keywords:
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, analoglar, preykursorlar, narkomaniya, zaharvandlik.Abstract
Mazkur tezisda Markaziy Osiyoda giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishini oldini olishni xalqaro huquqiy tartibga solishning muhim xususiyatlari tahlil qilingan va oʻrganib chiqilgan. Ushbu oʻrganishlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari hisoblangan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishining oldini olishdagi xalqaro huquqiy normalar keltirilgan hamda nazariy va amaliy koʻnikmalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ayrim xorijiy davlatlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning tasnifi va Markaziy Osiyo davlatlari qonunchiligida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlik belgilashda xalqaro huquq normalariga amal qilinishi yuzasidan fikrlar keltirib oʻtilgan