O‘ZBEK TILIDA ILOVALI QURILMALARNING SINTAKTIK SHAKLLANISHIDA ZIDLOV BOG‘LOVCHILARNING O‘RNI

Authors

  • A.G‘afforov SamDU dotsenti Author

Keywords:

ilova qurilmalar, Hosila struktura, teng bog‘lovchilar, zidlov bog‘lovchilar,yetakchi gap, operator, sintaktik derivasiya, ohang, operandlar. Ilova qurilmalarning sintaktik derivasiyasini o‘rganishda eng avval ularning shakllanishi uchun qanday sintaktik vaziyat sabab bo‘lishiga ahamiyat bermoq lozim. Sintaktik shakllar, o‘z navbatida, bevosita til bilan nutqning birligi va qarama-qarshiligi qonuniyati bilan bog‘liq. Negaki, til materiallari kishi tafakkurida nutq uchun mo‘ljallanishi xali bu ularning nutqda faol qo‘llanishi degan gap emas. Shuning uchun ham tilning har qanday belgisi ham nutqda konkret qo‘llanilmagunicha virtualdir.

Abstract

Ushbu maqolada teng bog‘lovchili ilova qurilmalarning sintaktik derivasiyasi tamoyillari talqin etilgan. Bunda zidlov bog‘lovchilarning ilova qurilmalar sintaktik derivasiyasi operatorlari vazifasida qo‘llanilishini ko‘ramiz. Maqolada mazkur bog‘lovchilarning davomli ohang tinimidan so‘nggi jumla boshida kelib, bu jumlaning yetakchi gaplarda aytilgan fikr ilovasi tarzida shakllanishi uchun semantik va sintaktik jihatlardan asos bo‘la olishi e'tiborga olindi.

References

Abdurahmonov G‘.A. Qo‘shma gap sintatsisi.-Toshkent: Fan, 1983.

Aleksandrova O.V. Problemi ekspressivnogo sintaksisa. - M, 1964. - S.63-76.

Muxtorov J.Hozirgi o‘zbek tilida bog‘lovchilar.Nomzodlik dissertasiyasi.-Samarqand:1953, 14-b.

Solixo‘jaeva S. Bog‘langan qo‘shma gaplar//O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. - Toshkent, 1992, 181-bet.

Turniyozova K.A., Nusharov M.M., Turniyozov N.Q. O‘zbek tili struktur-funktsional sintaksisi asoslari. - Samarqand, 1993, 122-6.

Shomaqsudov A., Rasulov I., Ko‘ng‘urov R., Rustamov H - O‘zbek tili stilistikasi. - Toshkent, 1963, 204-bet.

Turniyozov, N. K., & Turniyozov, B. Turniyozova Sh. Uzbek language derivation syntax.“Navruz” publishing house,–Tashkent: 2011.

Turniyazov, B. N. (2008). Derivation of complex syntactic constructions with equal components in Present day Uzbek language. Samarkand, Uzbekistan.

Турниязова, Ш. (2022). Матн деривациясида инкор ва тасдиқ сўзларнинг ўрни. Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o ‘qitishning innovatsion usullari, (1), 81-83.

Nigmatovna, T. S. (2022). TEXT IS A HIGH-LEVEL SYNTACTIC UNIT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 263-269.

Downloads

Published

2023-12-10