Intellektual mulk huquqining fuqarolik huquqining nomoddiy obyekti sifatida o‘ziga xos jihatlari

Authors

  • Arslonqulova Aziza O‘tkir qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlar kafedrasi o‘qituvchi -yordamchisi Author

Abstract

Intellektual mulk ijodiy faoliyatsiz fuqarolik huquqining sohasi sifatida, umuman, huquq sohasi sifatida mavjud bo‘lmaydi. Intellektual mulk (IP) inson intellektining nomoddiy ixtirosidan iborat bo‘lgan mulk shaklidir. Intellektual mulkning bir qator ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ayrim intellektual mulk shakllari boshqa intellektual mulk shakllariga nisbatan ko‘proq insonlarga ma’lum. Inson ijodiy faoliyati juda ko‘p o‘ziga xosliklarga ega. Tibbiy olimlar, ruxshunoslar, fiziologlar tomonidan bu faoliyatning har doim unikal ekanligi ta’kidlanadi. Ijodkorlik bu o‘ziga xos salohiyat, qobiliyat, layoqat hisoblanadi. Kishi o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi, uni qo‘llay olishi, samarali natijalarga erishishi mumkin. Insonning ijodiy salohiyati, avvalo, uning faoliyati natijalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu sababli ham huquq ijodkor insonga nisbatan, ijodiy faoliyatga nisbatan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda alohida o‘ziga xos obyekt sifatida yondashadi.

References

1. Intellektual mulk. Darslik. Toshkent davlat yuridik universiteti mualliflar jamoasi. TDYU-2020.

2. Xorijiy mamlakatlar intellektual mulk huquqi. O‘quv qo‘llanma. I.Rustambekov, A.Nuridullayev. Toshkent-2011

3. Intellektual mulk huquqi. O‘quv qo‘llanma. N.Imomov, B.Axmadjonov. Toshkent -2010.

4. Intellectual property: patents, copyright, trade marks and allied rights. W.Cornish, L.Llewelyn and T.Aplin. Seventh edition. 2021

5 Safoyeva S.M. Intellektual mulk obyektlaridan tijorat muomalasida foydalanishning huquqiy shakllari. O‘quv qo‘llanma T.: 2009 43-b

6 Intellectual property law. P.Tollemans& Holyoak. Ninth edition. Oxford university press–2019. p. 768.

7 Intellectual property law and human rights. Poul Torremans. WaltersKluwer–2020. P. 869.

8 S. Ricketson, The Law of Intellectual Property. Law Book, Sydney, 2014 p. 599.

Published

2024-10-08