CHO‘LPON LIRIKASIDA XALQONA OLQISHLARNING , QARG‘ISHLARNING POETIK YANGILANISHI

Authors

  • Sobirova Zarnigor G‘anijon qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisligi Magistranti Author

Keywords:

Folklorizm, personaj, olqish, syujet, publitistika, nazm, qarg‘ish, adabiyot,

Abstract

Dunyo xalqlari adabiyotida folklorizmlarning badiiy asar xalqchilligini va milliyligini oshirishdagi o‘rni hamda roliga qiziqish ortib bormoqda. Har bir ijodkor asaridagi folklorizmlarning ijtimoiy-psixologik asoslarini, omillarini, poetik vazifalarini yoritishga bag‘ishlangan tadqiqotlar salmog‘i oshmoqda. Dunyo bo‘yicha qadimdan olim-u shoirlar folklor namunalarini to‘plab o‘rganishga alohida ahamiyat qaratib kelishgan. Hatto ko‘pgina ijodkorlar asarlarining xalq ko‘ngliga tez yetib borishini ko‘zlab, folklor asarlariga xos sodda shakl va ifoda uslubidan, an’anaviy epik obraz va motivlardan, o‘ynoqi va serjilo ohangdan foydalanib, betakror mahorat qirralarini namoyon etishgan. Jumladan, XX asr boshlarida yashagan Abdurauf Fitrat,Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon,Gʻozi Olim Yunusov va Elbek (Mashriq Yusupov) ham o‘zbek folklori tabiati, janriy tizimi va tarkibi, badiiyatiga oid ilmiy qarashlar bildirib, xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plab nashr etish va omma orasida targ‘ib qilish borasida samarali xizmatlar qilganlar.

References

1.Жўраев М., Шомусаров Ш. Ўзбек мифологияси ва араб фольклори. – Тошкент: Фан, 2001.

2.Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. – Тошкент: Фан, 2006.

3.Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2015.

4.Исмоил Гаспринский ва Туркистон. – Тошкент: Шарқ, 2005.

5.Истиқлол ва Фитрат” мавзуидаги анъанавий республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Бухоро, 2017.

6.Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Тошкент: Фан, 1983.

7.Каримов Б. Руҳият алифбоси. – Тошкент. Ғафур Ғулом номидаги НМИУ. 2016.

8.Каримов Н. Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон. – Тошкент: Фан, 1991.

9. Каримов Н. Чўлпон. – Тошкент: Шарқ, 2003.

Published

2024-09-27