IJOD TUSHUNCHASI VA IJODKORONA YONDASHUVNING JURNALISTIK MATERIALLARDA AKS ETISHI
Abstract
Jurnalistika — ijodiy jarayon maydoni, jurnalist esa ijodkor shaxsdir. Har qanday zamonga nazar tashlansa, qachon va qayerda boʻlmasin, jurnalistika muayyan qarama-qarshiliklar olamida yashagan, faoliyat yuritgan. Ijod, insonning qaysi sohada bolmasin, yangilik yaratish yolidagi ruhiy va amaliy harakatidir. Ijodkor shaxs oz faoliyati davomida koplab bosqichlardan otadi va uning bu qobilyati yanada rivojlanib kamol topadi. Tarixdan hozirgi davrgacha insoniyat yaratgan moddiy va manaviy boyliklari, qadriyatlariga aylangan jamiki hosilalar, kashfiyotlar inson ijodiy tafakkurining mahsulidir. Oddiy velosipeddan tortib, murakkab texnologiyalargacha ana shu ijodiy tafakkur mevasi sanaladi. Keng manoda qaraydigan bolsak, jamiyat ham inson tadrijiy taraqqiyotining mahsulidir. Jamiyatdagi barcha ijtimoiy hodisalar, munosabatlar, aloqalar, qadriyatlar odamlar tomonidan amalga oshirilgan. Inson oz ongli faoliyati bilan badiiy asarlarni, sanat, axloq, qadriyatlar, etiqod va fanni yaratgan. Ijodning ishlab chiqarish, texnik, ixtirochilik, ilmiy, siyosiy, falsafiy, badiiy, kundalik turmushga oid va boshqa turlari mavjud. Qaysi turga mansubligidan qatiy nazar, "ijod" tushunchasi olimlar tomonidan chuqur organilgan va hozir ham ushbu mavzuda izlanishlar davom etmoqda.