ISHLAB CHIQARISHDA BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARI BO‘YICHA YETKAZILGAN ZARARNI TO‘LASH TARTIBI
Abstract
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodimda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yuz bergan taqdirda xarajatlarni kompensatsiya qilish” -deb nomlangan 291-moddasiga ko‘ra, agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida yuz bersa, ish beruvchi xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini to‘lash bilan birga uning tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya uchun qilgan xarajatlarining o‘rnini tegishli hujjatlar (cheklar, ma’lumotnomalar va boshqalar) bilan tasdiqlangan, haqiqatda qilingan xarajatlar miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplaydi.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari majburiy ravishda tekshirilishi va hisobga olib borilishi lozimligi belgilangan. Bundan tashqari, ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o‘z vaqtida tekshirishi hamda hisobga olishi shart.