HUSNIXATGA O`RGATISH TAMOYILLARI

Authors

  • Usmonova Odinaxon Sobirovna,Alimjanova Matlyuba Yunusovna Farg‘ona davlat universiteti Author

Abstract

 Chiroyli yozuvga o`rgatishda, o`quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko`ra o`quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo`yi va enini to`g`ri mo`ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qo`l uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oralig`idagi masofa 1,5-2 sm bo`lishi e’tiborda tutiladi. Shuningdek, partada o`tirish qoidalariga (ko`z va daftar oralig`ining 30 sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bo`lishiga, partada engashmasdan, boshni to`g`ri tutib, tirsaklarni partaga engil qo`yish, oyoqlarni parta ostiga to`g`ri qo`yish, ko`krak bilan parta oralig`i masofasining bir kaft sig`adigan masofada bo`lishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi.

References

Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang`ich ta’lim. T., «Sharq», 1999, 7-maxsus son.

Abdullaev Y. Hamrohim (yangi alifbo va imlodan qo`llanma). T., «O`qituvchi», 1996.

Qosimova K. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., «O`qituvchi, 1985.

Ashrapova T. va b. Ona tili metodikasi. Toshkent, «O`qituvchi», 1984.

Published

2024-05-12