CHIA (SALVIA HISPANICA L.) O`SIMLIGI URUG`LARINING YETISHTIRILISHI HAMDA EKSTRAKSIYA OLISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Oq chia urug`lari, qora chia urug`lari, polifenollar, xun tolasi, glyukemik ko`rsatkich, omega-3, omega-6.Abstract
Ushbu maqolada chia o`simligining yetishtirish texnologiyasi hamda undan olinadigan ekstrakt keltirib o`tilgan bo`lib, o`simlikning qanday sharoitda yaxshi o`sishi, uning rivojlanishi uchun qanday moddalar zarurligi o`rganilgan. Bundan tashqari chia urug`ining ozuqaviy va terapevtik xususiyatlari tahlil qilinadi. Chia o`simligi hozirgi vaqtda Meksika, Avstraliya, Hindiston, Gvatemala va Janubiy Evropada etishtiriladi. Chia - adaçayı oilasining o't o`simlik turiga kiradi. Bu o'simlikning bo`yi bir metr balandlikka etadi. Barglar 4-7 sm uzunlikda va 3-4 sm kenglikda, bir -biriga qarama -qarshi joylashgan. Urug'lari oval, mayda, diametri taxminan 1 mm. Ularning yuzasi bo'rtma naqshli silliq bo`ladi.Qandli diabet, yurak qon-tomir kasalliklarida, suyaklar mo`rtlashishida, ortiqcha vaznda va kosmetologiyada terini parvarishlashda chia urug`laridan foydalaniladi.
References
Ibn Sinoning “Tib qonunlari”1-chi tomi.
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.Toshkent 2000 yil
https://kadastr.uznature.uz/dorivor-va-ozuqa-maqsadlarida-ishlatiladigan- yovvoyi-holda-osuvchi-osimliklar/peganum-harmala/
O‘.Аhmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya «tafakkur-bo‘stoni» nashriyoti Toshkent – 2018
Б.Ё.Tўхтаев, Э.T.Aҳмедов Доривор ўсимликларни ўстириш ва етиштириш. Нашриёт уйи “тасвир” – 2021
Hojimatov Q., Olloyorov M. ,Oʻzbekistonning shifobaxsh o’simliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;
https://srcyrl.angelbiology.com/food-additives/chia-seeds-extract-powder.html