INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA TIL O‘QITISHNING AFZALLIKLARI
Abstract
Til ta'limini modernizatsiya qilish o‘quvchi-talabalarda umumiy filologik madaniyatni hamda kommunikativ kompetentlikni shakllantirishni taqozo etadi. Kommunikativ kompetentlik deganda aloqaga oid chuqur bilimga ega bo‘lishlik, bu boradagi o‘ziga xos omilkorlik, muloqotga kirishish uchun zaruriy bo‘lgan ichki imkoniyatlar tizimi tushuniladi. Ya’ni muloqotning vazifalari, aloqa-aralashuv jarayonining o‘ziga xosliklari, o‘rganilayotgan tildagi muloqot turlari va xususiyatlari, verbal va noverbal aloqa vositalari, tinglab tushunish va tushunish texnikasi, suhbatdoshlarning psixologik va kommunikativ tiplari, insonlarga ta’sir o‘tkazishning texnologiya va usullari kabilar haqidagi bilim, ko‘nikma, malakalar majmuyi kommunikativ kompetentlik deb ataladi.