XODIMLARNI BOSHQARISHNING MOHIYATI VA ASOSIY BOSQICHLARI

Authors

  • Rustambekova Mamlakatxon,Madaminov Jahongir,Sarimsaqov Ròzimurodxòja Andijon davlat unversiteti Author

Keywords:

Etakchilik, mohiyat, menejer, o'rta, vaziyat.

Abstract

Boshqaruv,  xalq  xo‘jaligi  va  xalq  ta’limi,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va  sportni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish muammosi butun xalqimiz taqdiriga daxldor muhim masalalardan  biridir.  Shu  bilan  birga,  yetakchilikning  samarali  usullarini  izlash  va  boshqaruv  tizimini yo‘lga   qo‘yish   mamlakatimiz   taraqqiyotining   ustuvor   yo‘nalishlaridandir.   Chunki   dunyoning   eng rivojlangan  davlatlarida  shu  yo‘l  bilan  taraqqiyotga  erishilgan.  Binobarin,  jamiyatimizda  yetakchilik faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, yurtimiz, xalqimiz oldida turgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topib, yurtimiz  obod,  hayotimiz  farovon  bo‘lishiga  shubha  yo‘q.  Lekin  ochig‘ini  aytganda,  jamiyatimizda yetakchilik faoliyati, uning samaradorligi talab darajasida emasligi aniq.

Published

2024-03-13