2023 YILDA ANDIJON VILOYATIDA OIV BILAN ZARARLANGAN ONALARDAN TUG‘ILGAN BOLALARNI PROVIRUS DNKSIGA TEKSHIRUVDAN O‘TISHINING AHAMIYATI

Authors

  • To‘lqinboyev Komiljon Rahmatjon o‘g‘li Author

Abstract

Ona organizmida ishlab chiqariladigan spetsifik (OIVga nisbatan paydo bo‘ladigan) antitelolar homiladorlik davrida yo‘ldosh orqali o‘tib, bola tug‘ilgandan so‘ng uning qonida 18 oygacha saqlanib qoladi. SHu sababli, bu davrda bolaga serologik usulda aniq tashhis qo‘yib bo‘lmaydi. Bu davrda sun’iy usulda oziqlantiriladigan bolalarga OIV infektsiyasi yuqqanligi qonda provirus DNKni aniqlovchi PZR tahlilining ikkita musbat natijasi asosida taxmin qilinishi mumkin. OIV RNKsini aniqlash tavsiya etilmaydi, chunki homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilgandan keyingi o‘tkazilgan ARVT profilaktika  virusning ko‘payishini sezilarli darajada kamaytiradi, bu OIV RNKsining konsentratsiyasining pasayishiga olib keladi.Bu bolani tekshirish paytida soxta-manfiy  natijalar ehtimolini oshiradi.

Published

2024-07-19