“GO’ZAL AXLOQLAR” ASARINING TA’LIMDA TUTGAN O’RNI
Keywords:
Nafsni tiyish, go‘zal xulq (husni xulq), Qur’on va hadislar, Rasululloh (s.a.v.)ning xulqlari, axloqsizlikning oqibatlari, ommaviy madaniyat, ma’naviy fazilatlar, jamiyat tarbiyasi, komil inson, iymon va axloq, yoshlar tarbiyasi, axloqiy immunitet.Abstract
Ushbu maqolada insonning nafsini yengishi, husni xulqni sayqallashi va yomon axloqdan saqlanishi haqidagi muhim fikrlar bayon etilgan. Maqola Qur’on oyatlari, hadislardan dalillar keltirib, insonni nafs istaklari va razil sifatlar bilan kurashishga undaydi. Yaxshi xulq mo‘minning dunyo va oxiratdagi muvaffaqiyati omili ekanligi ta’kidlanib, Rasululloh (s.a.v.)ning go‘zal xulqlari ulug‘vorlik namunasi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, axloqning inson hayotidagi ahamiyati, uni tug‘ma yoki kasbiy ravishda shakllantirish mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Bugungi jamiyatdagi “ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoshlar ongiga kirib kelayotgan axloqiy buzuqliklar xavfi va ularga qarshi immunitet yaratishning zarurati xususan go‘zal axloqni rivojlantirish orqali bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan. Maqola axloqsizlikning jamiyat va ta’lim tizimidagi zararli oqibatlarini ham ko‘rsatib, axloqiy tarbiya muhimligi masalasida ogohlantiradi.
Ushbu materialda go‘zal xulqni rivojlantirish va nafsni tiyish orqali jamiyatni yuksaltirish, ayni paytda axloqiy illatlarga qarshi kurashishning diniy, ijtimoiy va ma’naviy asoslari ochib berilgan.
References
1.“Makorimul axloq” Imom Burhoniddin Nasafiy 22.b
2.Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi 2022.
3.al-Haraviy, Mishkotul masobiyh - Dar al-Kutub al-Ilmiyyah (Lebanon) XX asr 20-40-yillar 352-359 b.
4.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 34 b.
5.An-Navaviy, Abu Zakariyya Yahyo ibn Sharaf. Al-Maqosid. – Qohira: Al-Azhar nashriyoti, 2001. – B. 25–29.
6.Al-Bayhaqiy, Abu Bakr Ahmad ibn Husayn. Shu‘ab al-Iman. – Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 2004. – B. 213–215.
7.Muhammad Sodiq Koshg’ariy. Odob as-Solihin. Toshkent: Yangi asr avlodi 2002. 50-55 b.
8.An-Navaviy, Abu Zakariyya Yahyo ibn Sharaf. Al-Maqosid. – Qohira: Al-Azhar nashriyoti, 2001. – B. 46–49.
9.Аbul Qosim Nosiriddin Samarqandiy. “Riyozatul axloq” 42-44 b.