ALISHER NAVOIY SHE’RIYATIDA UZLAT VA XILVATNING G‘OYAVIY-BADIIY TAHLILI

Authors

  • Kamolova Majnuniso Ulug‘bek qizi QarDU 1-kurs daktarant Author

Keywords:

Lirika, xilvat, uzlat, g’azal, ma’no, holat, bayt, hijron, dargoh, oshiq.

Abstract

Alisher Navoiyning har bir g‘azali alohida e’tibor talab etib o‘qiladigan tahlil va tadbiq etiladigan g‘azallar turkumiga kiradi. Shu jumladan shoirning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o’rin egallagan ayrim g’azallarida ham turlicha tasavvufiy tushunchalarni kuzatishimiz mumkin. Xususan, tasavvufiy ma’noda Xilvat yoki Uzlatdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad yomon axloqdan ajralish, tuban ishlardan voz kechish, qalbni jilolantirib, ruhni huzur va farog‘atga yetishtirish. Uzlatning yana bir ko‘rinishi bu Zuhddir. “Zuhd- parhez, tiyinish, uzlat” degan ma’nolarda keladi. Xususan, Navoiyning “Soqiyo talx o‘ldi ayshim hajr bedodi bila…” deb boshlanuvchi g‘azalida ham zuhd haqida keltirilgan. Ishq vodiysi- bu bir-birining vasliga yetadigan ikki do‘stning qadrli dargohi, diydor nasib etadigan muqaddas manzil. Unda inson ruhi Mutlaq o‘zining ikkinchi juftini, mahramini izlab topadi unda. Shuning uchunkim, shoir ishq vodiysiga kirdingmi, imillama, oldinga qarab intil doimo, deya jahd etadi.  Ushbu maqolada aynan mana shu kabi misralar tahliliga alohida to’xtalingan. Shuningdek, maqolada glossariy, germenevtik, tarixiy-qiyosiy metodlardan unumli foydalanilgan.

References

1.O. F. Akademiyasi. (1983) Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati, 2-tom, Toshkent: "Fan" nashriyoti.

2.A. Navoiy. (1959) G'aroyib us-sig'ar, Toshkent: “Fan” nashriyoti.

3.N. Komilov. (2009) Tasavvuf. Toshkent. Movaraunnahr.

4.N. Komilov, "«AHD QILDIM: ISHQ LAFZIN...» maqola," in www.ziyouz.com kutubxona.

5.N. Komilov, "«SOQIYO, TALX O’LDI AYSHIM HAJR BEDODI BILA» maqola," in www.kh-davron.uz.

6.https://Ziyo.uz.com

7.https://kh-davron.uz

8.https://kutubxona.uz

Published

2025-01-29