MILLIY HUNARMANDCHILIKNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI VA ISLOHOTLAR
Keywords:
milliy hunarmandchilik, islohotlar, tarixiy rivojlanish, ustoz-shogird an’anasi, xalq amaliy san’ati, hunarmandlar uyushmasi, innovatsion texnologiyalar, xalqaro festivallar.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish bosqichlari va amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Hunarmandchilikning tarixiy ildizlari, uning mustaqillik davridan keyingi rivoji hamda sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Xalqaro hunarmandchilik festivallari, innovatsiyalar va turizm bilan uyg‘unlashgan loyihalar misolida milliy hunarmandchilikning bugungi kundagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Yosh avlodni hunarmandchilikka jalb qilish va ustoz-shogird an’anasi orqali bu sohani kelajakda rivojlantirish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola hunarmandchilikning milliy madaniyat va iqtisodiyotdagi o‘rnini kengroq anglashga yo‘naltirilgan.
References
1.Karimov, I. A. (1993). Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli. Toshkent: Oʻzbekiston.
2.Mirziyoyev, Sh. M. (2018). Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlmogʻi lozim. Toshkent: Oʻzbekiston.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2017). Hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida [Farmon]. Prezident matbuot xizmati.
4.Hasanov, R. (2020). O‘zbek xalq amaliy san’ati: Rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi dolzarb masalalar. O‘zbekiston madaniy merosi jurnali, 15(2), 45–58.