BO‘LAJAK OFITSERLAR UCHUN MULOQOT MADANIYATINING O‘RNI VA ROLI
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada bo‘lajak ofitserlar uchun muloqot madaniyatining o‘rni va roli tahlil qilinadi. Muloqot madaniyati har qanday professionallar uchun, xususan, harbiy sohada, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Maqolada ofitserlarning rahbarlik va etakchilik faoliyatlarida muloqot madaniyatining ahamiyati, jamoaviy ishlarni tashkil etish va stressli vaziyatlarda samarali aloqalar o‘rnatish zarurligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muloqot madaniyatining bo‘lajak ofitserlar tomonidan qanday rivojlantirilishi lozimligi, bu borada ta’lim va treninglarning o‘rni, shaxsiy rivojlanishning muhimligi ta’kidlanadi. Muloqotning samarali bo‘lishi, harbiy ofitserlarning harbiy vazifalarni bajarishdagi samaradorligini oshirishga, jamoa ichida ishonch va hamjihatlikni yaratishga yordam beradi. Maqola bo‘lajak harbiy rahbarlarni tayyorlash jarayonida muloqot madaniyatining integratsiyalashgan o‘rnini aniqlaydi va bu sohadagi ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga oid tavsiyalarni taqdim etadi.