YARIMO'TKAZGICHLARDA POTENSIAL TO‘SIQNING TEMPERATURAGA BOG‘LIQLIGINI PHYTON DASTURIDA MODELLASHTIRISH
Keywords:
yarimo‘tkazgichlar, potensial to‘siq, diodlar, tranzistorlar, phytonAbstract
Ushbu maqolada yarimo‘tkazgichlardagi potensial to‘siq balandligining temperaturaga bog‘liqligi va uning modellashtirilishi o‘rganiladi. Potensial to‘siqning temperaturaga bog‘liqligi yarimo‘tkazgich materiallarda ko‘plab muhim elektr xususiyatlarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Bu ishda to‘siq balandligining temperatura o‘zgarishi bilan qanday eksponensial kamayishini ifodalovchi matematik model keltirilgan. Modellash Python dasturlash tili yordamida amalga oshiriladi, bunda parametrlar sifatida to‘siqning boshlang‘ich balandligi, temperaturaga bog‘liqlik koeffitsienti va Boltzman doimiyligidan foydalaniladi. Natijalar potensial to‘siq balandligining temperaturaga eksponensial ravishda bog‘liqligini ko‘rsatuvchi grafik shaklida taqdim etilgan va natijalarning fizik interpretatsiyasi berilgan. Ushbu ish yarimo‘tkazgich qurilmalarning elektr xususiyatlarini aniqlashda va ularni optimallashtirishda foydali bo‘lishi mumkin.
References
1.M.A.Bobojonova, H.Sh.Rustamov “PYTHON DASTURLASH TILIDA MASALALAR VA UNING YECHIMLARI” o‘quv qo‘llanma
2.C. ЗАЙНОБИДДИНОВ, X. АКРАМОВ “ЯРИМУТКАЗГИЧЛАР ПАРАМЕТРЛАРИНИ АНИКЛАШ УСУЛЛАРИ” ТОШКЕНТ “УЗБЕКИСТОН” 2001
3.Sh.M. O‘rinbayev, G.E. Nurmetova, R.A.Farxodovich “KIRISHMALI YARIMO‘TKAZGICHLARDA FERMI SATHINI JOYLASHISHINI PHYTON DASTURIY TA’MINOTIDA MODELLASHTIRISH”
4.Adilova Xalida Shamshetdin qızı, Akimbaev Ruslan Farxodovich, O'rinbayev Sharofiddin Maksudbay o'g'li “SIGNIFICANCE OF SEMICONDUCTORS IN MODERN USE”
5.Adilova Xalida Shamshetdin qızı, Akimbaev Ruslan Farxodovich, O'rinbayev Sharofiddin Maksudbay o'g'li “PRIVATE ATOMS IN METALS”