О‘ZBEKISTONDA MILLIY О‘YINLARNING SHAKLLANISH TARIXI
Keywords:
O‘zbek milliy o‘yinlari, tarixiy manbalar, kurash, kо‘pkari, chavgon, chillak, “Alpomish”, Zardushtiylik, Manas, madaniy meros, turkiy xalqlar, milliy bayramlar.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek milliy o‘yinlari tarixi uzoq va qiziqarli bo‘lib, qadim
zamonlarga borib taqaladi. Arxeologik va tarixiy manbalarda, yozma asarlarda o‘zbek xalqining
milliy o‘yinlari, jumladan, kurash, kо‘pkari, chavgon, chillak kabi o‘yinlarga oid ma'lumotlar
mavjud. IX-XII asrlarda yozilgan tarixiy-adabiy asarlarda bu o‘yinlar haqida batafsil ma'lumotlar
berilgan. Kurash, masalan, o‘ta qadimiy tarixga ega bo‘lib, arxeologik materiallarda ham aks etgan.
Kurashning arxeologik materiallari, akademik A.Asqarovning tadqiqotlari, va boshqa olimlarning
ishlarida o‘zbek milliy kurashining tarixi haqida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Arxeologik
tadqiqotlar, shuningdek, Sharq yakkakurashi haqida ko‘plab ma'lumotlarni taqdim etadi. O‘zbek
xalqining xalq o‘yinlari, kurash kabi jismoniy faoliyatlar, turli folklor asarlari va mifologik
manbalarda ham aks etgan. Misol uchun, "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li" kabi xalq dostonlarida kurash
va boshqa milliy o‘yinlar tasvirlangan. Yozma manbalarda xalq o‘yinlari, xususan, kurash va
otliqlar bilan bog‘liq mashqlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, Abulqosim Firdavsiyning
"Shohnoma", Alisher Navoiy va Amir Temurning asarlarida milliy o‘yinlar haqida ta'riflar mavjud.
Bularning barchasi milliy sport o‘yinlarining tarixini va rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqotlar davomida XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida yuzaga kelgan ilmiy asarlarda
O‘zbekistonning turli hududlaridagi xalq o‘yinlari va etnografik materiallar tahlil qilingan. Bu
materiallar orqali, milliy o‘yinlarning nafaqat o‘sha davrdagi, balki hozirgi zamon sport turlariga
qanday ta'sir ko‘rsatgani haqida ham ma'lumotlar to‘plangan. Umuman, o‘zbek xalq o‘yinlari tarixi,
ayniqsa, milliy kurash va boshqa sport turlari haqida o‘rganilayotgan ilmiy materiallar, bugungi
kunda ularni yanada chuqurroq tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi.
References
Tolstov S.P. Po sledam drevnexorezmskoy sivilizatsii. – M.L., 1948.- S. 234-236
2. Asqarov A.A. О‘zbek miliy kurashining arxeologik materiallarda aks etishi./ Markaziy
Osiyoda an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar. – 2 qism. –Toshkent, 2005.– B. 3- 13. 3. Asqarov A. Eng qadimgi shahar-Toshkent, 2001. B.3-21. 4. Sarianidi V.I. I zdes govoril Zaratushtra.-M., 1992.- S.92. 5. Asqarov A.A. О‘zbek miliy kurashining arxeologik materiallarda aks etishi....B. 4. 6. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. / Asqar Mahkam tarjimasi. – Toshkent, 2001. –.338b.;
7. Alpomish о‘zbek qahramonlik dostoni. Aytuvchi Fozil Yо‘ldosh о‘g‘li, yozib oluvchi
M.Zarifov. / – Toshkent: “Sharq”, 1998. –.400 b;
8. T.Mirzayev va boshq. “Alpomish dostonining izohli lug‘ati – T.,Eltuz -Russ– mediya” nashriyoti 2017.-162b. Gо‘rо‘g‘lining tug‘ilishi. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1967. – 326 b.;
9. Манас-Манас: Эпизоди из киргизского народного эпоса. – M.: GIXL, 1960. – S. 176.;
10. 10.Obidova M.. “Rustam” turkumidagi dostonlar. – Toshkent: Fan, 1982. – B.13. 11. 11.Hamidjon Homidiy Tasavvuf allomalari Tо‘ldirilgan nashri -T; “Ozbekiston” NMIU, 2016 .B.239-241
12. 12.Kaykovus Qobusnoma, Nashrga tayyorlovchi S.Dolimov, U.Dolimov -T.: “Yangi asr
avlodi” 2016 - 224b. 13. 13.Amir Temur о‘gitlari. Risola nashrga tayyorlovchi B.Axmedov, A.Aminov -T.: “Navrо‘z”, 1992. B.74-75
14. 14.Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga- Amir Temur saroyiga sayyohat kundaligi (1403- 1406 yillar)-T.; “О‘zbekiston”, 2010.-B. 178
15. 15.Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. - T.: “O’qituvchi” NMIU., 2008. - B. 141- 266
16. 16.Хаников Н.В. Описании Бухарского ханство – СПб, 1843. 17. 17.Вамбери Х. Путешествие в Среднюю Азию из Тегерана через Туркменскую пустиню
по восточному берегу Каспийского моря в Хиву, Бухару и Самарканд, предпринятое в
1863 г. Изд. 1-е. – М., 1867 Изд. 2-е. – М., 1874
18. 18.Skayler Y. Turkiston: Rossiya Turkiston, Quqan, Buxoro va G‘uljaga sayyohat Tarjimon
Z Saidboboyev.-T.; “О‘zbekiston” 2019. B.6-25
19. 19.Aristov N.A. Заметки об этническом составе тюркских племен и народностей и
сведения об их численности // Живая старина. 1896. Вип. III и ИВ; Шу муаллиф. Об
Афганистане и его населении // Живая старина. 1898. – Вип. III и IV. 20. 20.Фирсов В. Туркестан и Туркестанские породи лошадей/Туркестанский сборник. 1895.Т.479. – С.218;
21. 21.Диваев А. Древние игри киргизской молодёжи // Туркестанская ведомость. 1907. – №54;
22. 22.Коневодства Туркестана.Туркестанский сборник. 1909. Т.-С. 510.;
23. 23.Коневодства Туркестана. Туркестанский сборник. 1909. - Т.-С. 501, 510