MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

Authors

  • Axmedov Bekzod Abdiraxmonovich, Tursunov Murodjon Asomiddin o‘g‘li Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, Axborot texnologiyalari va menejment universiteti magistranti Author

Keywords:

ta’lim tizimi, maktablar, pedagog kadrlar, moliyaviy qiyinchiliklar, islohotlar, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim sifati, moddiy-texnika baza

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimida tub islohotlar

amalga oshirilib, mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Qashqadaryo

viloyatida ham ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, maktablar soni

ortib bordi. 1992 yilda viloyatda 917 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati

qishloq joylarda joylashgan edi. Keyingi yillarda maktablar soni oshib, 2016 yilda 1 125 taga yetdi.

Shuningdek, 1993 yilda maktab qurilishi uchun 439,2 mln so‘m ajratilgan, lekin moliyaviy

qiyinchiliklar sababli ayrim maktablar qurilishi o‘z vaqtida tugallanmagan. O‘qituvchilar

yetishmovchiligi ham ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, 2000 yilga kelib,

Qashqadaryo viloyatida 13479 nafar pedagog yetishmasligi aniqlangan. 2001-2002 o‘quv yilida

umumta’lim muassasalarida 49173 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan, ularning 68,8% oliy

ma’lumotli edi. Viloyatda ta’lim muassasalarini jihozlash ishlari ham amalga oshirildi. 1999 yilda

yaroqsiz partalar o‘rniga yangi o‘quvchilar partalari sotib olish uchun 15 mln so‘m

mablag‘ ajratilgan. 2004 yilda mahalliy budjet xarajatlaridan 56,5 mlrd so‘m ta’lim sohasini

rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, viloyatda pedagog kadrlarga ijtimoiy yordam

ko‘rsatish choralari ham amalga oshirilgan. 5460 nafar pedagog uy-joyini xususiylashtirish

imkoniga ega bo‘lib, 1516 nafar o‘qituvchiga yer uchastkalari ajratilgan. Shuningdek, 1208 nafar

o‘qituvchi sanatoriylarga yo‘llanma bilan ta’minlangan. 2000 yildan boshlab o‘qituvchilar tanlov

asosida ishga olinib, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”

talablariga muvofiq ravishda pedagog kadrlar tanlangan. Bu islohotlar viloyatda ta’lim sifati va

maktablarning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga hissa qo‘shganligi bayon etiladi.

References

O‘zRPDAQVF joriy arxivi. 829-fond. 1-ro‘yxat. 21-yig‘ma jild. 132-varaq

2. O‘zRPDAQVF joriy arxivi. 829-fond.10-ro‘yxat. 92-yig‘ma jild. 54-varaq

3. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixi.-Toshkent: Sharq, 2000. B. 361. 4. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA), M -26 - fond, 1 - ro‘yxat, 106 - ish, 10 -22 - varaqlar. 5. O‘zMA, M - 26 - fond, 1 - ro‘yxat, 23 - ish, 21 - varaq. 6. Qashqadaryo viloyati hokimligi arxivi (QVHA), 846-fond, 1 - ro‘yxat, 29 - ish. 4 - varaq. 7. QVHA, 848 - fond, 1 - ro‘yxat, 23 - ish, 3 - varaq. 8. QVHA, 848 - fond, 1 - ro‘yxat, 59 - ish, 21 - varaq. 9. O‘zMA, M - 26 - fond, 1 - ro‘yxat, 84 - ish, 45 - 48-varaqlar. 10. O‘zMA, M - 26 - fond, 1 - ro‘yxat, 23 - ish, 21 - varaq. 11. O‘zMA, M - 26 - fond, 1 - ro‘yxat, 140 - ish, 106 - varaq. 12. O‘zMA, M -26 - fond, 1 - ro‘yxat, 205 - ish, 1 -10 - varaqlar. 13. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz.T.8.-Toshkent.O‘zbekiston, 2000.B. 220

14. QVHA, 829-fond, 10-ro‘yxat, 39-ish, 96-98 - varaqlar. 15. QVHA 829-fond, 1-ro‘yxat, 88-ish, 24-varaq. 16. Ta’lim – tarbiya istiqlol ko‘zgusida. Ma’rifat // 2010 yil 7 avgust. 17. Qashqadaryo viloyat pasporti. Qarshi-2017 yil. 25-bet. 18. Qashqadaryo viloyat pasporti. Qarshi-2017 yil. 25-bet. 19. QVHA, 829-fond, 10-ro‘yxat, 29-ish, 52-varaq. 20. QVHA, 846-fond, 10-ro‘yxat, 98-ish, 14-varaq. 21. Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi joriy arxivi. Boshqarmaning 2000 yilgi hisoboti. - B.8. 22. Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi joriy arxivi. Boshqarmaning 2000 yilgi hisoboti. - B.8. 23. N.Uzoqov.Ulkan o‘zgarishlar jarayoni.Qashqadaryo.2004 yil 23 oktabr

24. Ergasheva Y.A. Qashqadaryoda istiqlol yillarida madaniy rivojlanishdagi o‘zgarishlar //

Nasaflik alomalarning jahon madaniyatida tutgan o‘rni. - Qarshi, 2010 yil - B. 179 - 182. 25. Maqsad farovonlikni oshirish. Qashqadaryo. 2005 yil 11 fevral. 26. Образование Узбекистана. Статистический Сборник. – Ташкент, 2008 йил - С.45 - 46. 27. O‘zbekiston Respublikasi yillik statistik to‘plami. – Toshkent, 2015 yil - B. 85 - 86. 28. QVHA, 829-fond,12-ish, 35-ish, 1 -18-varaqlar.

Downloads

Published

2025-03-15