BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA KORREKSIYA VA KOMPENSATSIYANING O‘RNI
Keywords:
psixik rivojlanish,korreksiya,kompensatsiya,bolalar,pedagogik yondashuv,individual yondashuvAbstract
Bolalarning psixik rivojlanishida korreksiya va kompensatsiya jarayonlari muhim o‘rin tutadi, chunki ular bolalarning psixologik va ijtimoiy integratsiyasini ta'minlashda asosiy vositadir. Ushbu maqolada korreksiya va kompensatsiyaning psixik rivojlanishdagi o‘rni, ular orasidagi farqlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda bolalarda mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda qanday ahamiyatga ega ekani tahlil qilingan. Korreksiya jarayoni bolalarning psixik nuqsonlarini tuzatishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, kompensatsiya jarayoni esa bu nuqsonlarni boshqa qobiliyatlar orqali qoplashga yordam beradi. Maqolada bu jarayonlarning individual yondashuvga asoslangan holda amalga oshirilishi va bolalarning ijtimoiy faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishiga qanday ta'sir qilishini ko‘rsatish maqsad qilingan.
References
1. Mirzaeva, F. X. (2012). Bolalar psixologiyasi – Toshkent: O‘qituvchi.
2. Islomov, A. (2008). Pedagogik psixologiya – Toshkent: O‘qituvchi.
3. Saidova, N. (2014). Bolalar va o‘smirlar psixikasi – Toshkent: Fan.
4. Abdullayeva, D. (2010). Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi: nazariya va amaliyot – Toshkent: Iqtisod-Moliya.
5. Raxmonov, N. (2017). Bolalar psixologiyasida individuallashtirilgan yondashuv – Toshkent: Psixologiya.