OILA VA XOTIN-QIZLAR QO‘MITASINING AYOLLAR UCHUN ISH O‘RINLARI YARATISH BO‘YICHA ISLOHOTLARI
Abstract
Tariximizga nazar tashlasak, To‘maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy va Zulfiya kabi buyuk ayollar ko‘plab muhim ishlarning boshida turganligini ko‘ramiz. Ularning jasorati, aqlli fikrlari va mardligi tarixda o‘z izlarini qoldirdi. Bunday siymolarning davomchilari ekanligimiz bizga bugungi kunda xotin-qizlar sifatida g‘urur va faxr tuyg‘ularini his qilish imkonini beradi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga bo‘lgan e’tibor ortdi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning har jihatdan faoliyatini oshirish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash hamda oila institutini mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
References
1.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 2 февралдаги “Хотин-қизларни қўллабқувватлатлаш ва оила институтини мустаҳкамлаш соҳасидаги фаолиятни тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5325-сон Фармони.
2.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 1 мартдаги “Оила ва хотин-қизлар билан ишлаш, маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-81-сон Фармони.
3.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 7 мартдаги “Оила ва хотин-қизларни тизимли қўллаб-қувватлашга доир ишларни янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-87-сон Фармони.
4.Базарова Д. “Ўзбекистонда хотин-қизлар ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш – давр талаби”. –Тошкент: ТДЮУ, 2019.
5.Абдурауф Фитрат. Оила ёки оила бошқариш тартиблари. – Тошкент: Чўлпон, 2019.
6.Ўзбекистон республикаси давлат статистика қўмитаси маълумотлари, 2019. // www.stat.uz