TA’LIM FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYALARI-SAMARADORLIK GAROVI
Keywords:
ta'lim, tarbiya, texnologiya, funksiya , metod, qobiliyat, bilim , ko'nikma, pedagog, malaka.Abstract
Ushbu maqolada ta'lim jarayonida samarali ta'lim texnologiyalari va ularning funksiyalari haqida yoritilgan. Ta`lim olish stixiyali, ijtimoiy munosobatlar asosida, ya’ni mikrofaktorlar, mezofaktorlar, matbuot,kundalik hayot tajribalari asosida va tabiiy oqibatlar zaminida ma’lum ko‘nikma, malakalar shakllanib boradi. Ta’lim olishning samaradorligi shaxsning atrof borliqqa, jamiyatga faol munosobatiga bog‘liq. Insoniyatning hayotga emperik yondashishi va ma’lum tajribalarlarni umulashtirish,hulosa qilishi zaminida ilk halq pedagogikasi shakllandi. Halqimiz tili bilan aytganda hayot maktabida stixiyali bilim o‘zlashtirish bilan birga ta’lim maxsus tashkil etiladigan jarayon hamdir. Belgilangan maqsad vazifalar asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etiladigan jarayon maktab ta’limi deb ataladi. Mahsus tashkil etilgan ta’lim jarayoni nafaqat maktabda balki, bog‘chada, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarida yoki individual holda olib borilmoqda.