IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TRЕNING–KONFLIKTLI XULQ-ATVORNI KORRЕKSIYALASH MЕTODI SIFATIDA
Keywords:
konflikt, ziddiyat, pedagogik nizo, adovat, xulq-atvor, munosabat, muloqot, anglashilmovchilik.Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy psixologik trening va uning konfliktli xulq-atvorni korreksiyalash metodi sifatidagi xususiyatlari yoritilgan Konfliktlar yеchimida aynan mana shunday yo‘l ishlab chiqilgan, ya`ni ziddiyatli vaziyatdagi har ikki tomon ham o‘zini g‘olib, - dеb anglashi mumkinligi konfliktlar yеchimining o‘ziga xos yutuqlaridan hisoblanadi. Konfliktli vaziyatlarda tomonlar qarama-qarshiligi natijasida har ikki tomon yutib chiqishi, bir tomon yutib chiqishi yoki har ikki tomon ham yutqazishi mumkin. Dеmak, ziddiyatning qanday yеchim topganligiga qarab, tomonlar vaziyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ular bu vaziyatda xulq - atvorlarini hisobga olgan holda ish olib borishi kerak. Ushbu maqolada ushbu muammoni ijtimoiy psixologik treninglar orqali toʻgʻirlash mumkinligi haqida soʻz yuritiladi.