O‘ZBEKISTONDA PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI TEXNIKUMLARGA BIRLASHISHI: YANGILIKLAR VA O‘ZGARISHLAR
Keywords:
professional ta’lim, pedagogik tajriba, innovatsiyalar, ta’lim tizimi, zamonaviy qiyofa, duol ta’lim, iqtisodiy jarayonlar, yangicha yondashuv, o‘qitish texnologiyasi, elektron ta’lim resurslari, innovatsion ta’lim texnologiyalari.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda professional ta’lim muassasalarining texnikumlarga birlashishi jarayoni va uning amaliy ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada ta’lim tizimidagi yangiliklar, o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Texnikumlar va professional ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiya jarayoni, yangi ta’lim dasturlari, o‘qitish uslublari va malaka oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi. O‘zbekistonning global ta’lim maydonidagi o‘rnini mustahkamlash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari ham yoritiladi. O‘zbekistondagi professional ta’lim tizimidagi yangiliklar mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 2024 yildan boshlab, professional ta’lim muassasalari texnikumlarga birlashishi jarayoni boshlandi. Bu o‘zgarishlar mamlakatdagi ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish va talablarning zamonaviy talablarga moslashtirishga qaratilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2024 yildagi PF-158-son qarori.
2.U.I. Nazarov. “Professіonal taʼlіm muassasalarіda egallangan bіlіm,
Koʻnіkma va malakalarnі hayotda qoʻllash”. “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995. Volume-38, Issue-1, July-2023.p: 25-29
3.N.M. Egamberdieva, A.U. Axmadaliev, A.B.To‘raev . Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari moduli T.: Iste’dod, 2016. – 279 b
4.G.I. XASANOVA “Ta’lim jarayonida dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari” Jizzax: 2020. 420 bet. 223-225b
5.Ishmuxamedov R., Abdukodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari tarbiyachi-ukituvchilari va guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar) - T.: Iste’dod, 2010. - 1416.