VINO MAHSULOTINING TARKIBIY QISMI VA UNING FOYDALI XUSUSIYATLARI
Keywords:
Ovqat mahsulotlari, konservalangan uzum sharbati, uzum sharbati, etil spirti, al’degidlar, ketonlar, uchuvchan kislotalar, yuqori molekulali spirtlar, murakkab efirlar.Abstract
Qadimdan sharq xalqlari vino tayyorlashgan va uni sharоb, may, musallas deb yuritishgan va iste’mol qilishgan.Vino uzum va mevalarni sharbatini bijg‘itish usuli bilan tayyorlanadigan spirtli ichimlik.Vino mazali ichimlik bo‘lib, u turli oziq ovqat mahsulotlari: go‘sht, baliq, meva sabzavot, pishloq, qandolat va boshqalarga qo‘shimcha sifatida iste’mol qilinadi. Boshqa mazali mahsulotlar singari vino xam kam miqdorda ovqat bilan iste’mol qilinadi.Rangi jihatidan vinolar oq, pushti, qizil bo‘lishi mumkin.[1] Oq tusli uzum vinolari och rangli uzum navlarini sharbatini bijg‘itish yo‘li bilan tayyorlanadi. Qizil vinolar qizil rangli uzum navlarini sharbatini po‘sti va urug‘lari bilan irgalikda bijg‘itish yo‘li bilan olinadi. Bijg‘itish paytida po‘stloqdagi bo‘yovchi, oshlovchi moddalar sharbatga o‘tadi, shuning uchun bu vinolarning rangi qizil, ta’mi o‘ziga xos, sharbati yopishqoq bo‘ladi. Pushti vinolar oq va qizil tusli uzum navlaridan tayorlanadi yoki oq va qizil tusli vinolarni aralashtirib hosil qilinadi.