SUV KOMPONENTLI LEKSEMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Numonova Mashxura Author

Abstract

“Suv komponentli frazemalarda milliy-madaniy belgilar ifodasi” deb nomlanadi. Suvning madaniy kod sifatidagi xususiyati barqaror birikmalarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. X. Jabborov monografiyasida suv leksemasi ishtirokidagi 32ta frazeologik birikma, 28ta maqol va hikmatli so‘zlar izohlangan. Ilova sifatida suv ishtirok etgan 421ta maqol keltirilgan39 . Frazemalarda madaniy kod obrazli tafakkur fonida namoyon bo‘ladi. Suv frazeologik birikmalar tarkibida so‘zlovchining fikrini ta’sirchan, obrazli tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Tadqiqotda suv komponentli og‘zining suvi kelmoq, suv sepgan, sirkasi suv ko‘tarmaydigan, suv qilib ichmoq, suv qilmoq, suvga oqizmoq, suvga tashlamoq, suvga tushgan nondek bo‘shashmoq, suvga tushsa quruq chiqmoq, suv yuqmas, suvdan quruq chiqmoq, sirtiga suv yuqtirmaslik, suvga urib ketmoq, tagiga suv ketmoq, tushini suvga aytmoq, o‘zini o‘tga (ham), suvga (ham) urmoq, suvda cho‘kmas, o‘tga yonmas, suv kelsa – simirmoq, tosh kelsa kemirmoq, suv yugurdi, suvi qochgan, suvni loyqalatmoq, qo‘lini sovuq suvga urmoq, g‘alvirni suvdan ko‘tarmoq, suvini siqib ichmoq, og‘ziga suvluq solib olmoq, frazemalari tahlilga tortildi. Suv komponentli frazemalarda quyidagi milliy-madaniy xususiyatlar aks etgan: 1. Biologik jarayon o‘z ifodasini topgan. Og‘zining suvi kelmoq frazemasi insonning tabiiy refleks bilan bog‘liq holatini ifoda etadi. Bu ibora, asosan, och holdagi odamda taom yoki yegulik nomini eshitishi, ko‘rishi bilan yuz beradigan fiziologik holatni aks ettiradi.

References

1. Mo‘minova M.G‘. Suv leksemasining dunyo tilshunosligida o‘rganilishi. // Ta’lim, fan va innovatsiya (ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal). – Toshkent, 2023. – № 2. ISSN 2181-8274 (13.00.00. №218/5)

2. Mo‘minova M.G‘. Suv komponentli frazemalarda milliy-madaniy belgilar ifodasi. // O‘zbekiston: til va madaniyat. Lingvistika. 2024. Vol. 2 (1). – B. 57-67. ISSN 2181-922X. (30.10.2021. №308/6)

3. Mo‘minova M.G‘. Suv leksemasining lingvokulturologik xususiyatlari / Filologiya ta’limi masalalari: muammo va uning yechimlari” mavzusidagi Xalqaro-amaliy anjuman materiallari to‘plami. – Farg‘ona, 2022. – B. 102-105.

4. Mo‘minova M.G‘. O‘zbek tilidagi suv leksemasining leksik-semantik xususiyatlari / Tilshunoslikning dolzarb masalalari (Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari). – Toshkent, 2022. – B. 127-130.

5. Mo‘minova M.G‘. “Suv” va “suv” komponentli birliklarning o‘zbek adabiy tili va shevalaridagi ma’nolari. / “O‘zbek folklori va shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya, yangicha yondashuv” Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2023. – B. 191-194.

6. Mo‘minova M.G‘. Suv konseptining antroposentrik tadqiqi / “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2023. – B. 475-482.

7. Mo‘minova M.G‘. Suv komponentli sodda leksemalarning milliy-madaniy xususiyatlari. / Mustaqillik davri o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. (So‘zshunos va suvshunos olim, professor Xo‘jamurod Jabborov tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy to‘plam). – Qarshi, 2024. – B. 111-118. 21. Mo‘minova M.G‘. Su kavramina ilişkin çalişmaların açıklanması. / Özbeksıtan’ın yeteneklı seslerı. Antologı. ISBN: 978-625-8457-73-5. Yazışma: PK: 66 Alanya / Antalya. 28.08.2023. – B. 1078-1082

Published

2024-09-23

Issue

Section

Articles

How to Cite

Numonova Mashxura. (2024). SUV KOMPONENTLI LEKSEMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI. IQRO INDEXING, 11(02), 182-184. http://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/5592